Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan ruhiy kasalliklar xususiy shifoxonasi mijozi taom iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan tayoqcha bilan uch ayolni o‘ldirib, yana biriga jarohat etkazdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hodisa 24 fevral kuni sodir bo‘lgan, biroq provinsiya rasmiylari bu haqda rasman 1 aprel kuni e’lon qilgan.
Sina axborot portali xabariga ko‘ra, ruhiy kasalliklar bilan og‘rigan 44 yoshli erkak uni bog‘lab turgan tasmalardan xalos bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan va ovqatlanish uchun mo‘ljallangan tayoqchani olib, mazkur tibbiy muassasaning to‘rt mijoziga tashlangan. Ayollardan biri voqea joyida halok bo‘lgan, uch nafari ko‘z va miya-suyak jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ikki ayol halok bo‘ldi. To‘rtinchi jabrlanuvchining sog‘lig‘i esa ayni damda tiklanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, ayollarga hujum qilgan Yan familiyali shaxs avval metal kishanlar va zanjirlar bilan bog‘langan bo‘lgan, biroq mazkur hodisa sodir bo‘lgan kun u tasma va arqonlar bilan bog‘lab qo‘yilgan.
Voqeadan so‘ng u tegishli terapiya va ekspertizadan o‘tkazilishi uchun Loyan shahridagi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘chirildi.
Mazkur hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi