Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega mamlakat sifatida Moldova tan olindi. Eng yaxshi yo‘llarga ega davlatlar reytingida esa Fransiya, BAA, Portugaliya va Ummon etakchilik qilishmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
World Economic Forum xalqaro tashkiloti eng yaxshi va yomon avtomobil hamda temir yo‘lga ega davlatlarning reytingni tuzib chiqdi.
Eng yomon avtomobil yo‘llariga ega besh davlat ichida Haiti, Ruminiya, Mo‘g‘uliston va Gvineya bor. Moldova esa avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha eng so‘nggi — 140-o‘rinni egalladi.
Eng yaxshi yo‘llar o‘nligiga, shuningdek, Shveysariya, Avstriya, Hongkong, Finlyandiya va Germaniya kiritilgan. MDHning ayrim davlatlaridan Ozarboyjon — 60-o‘rin, Tojikiston — 97-o‘rin, Qirg‘iziston — 131-o‘rin, Rossiya Federasiyasi — 134-o‘rin, Ukraina — 135-o‘rinni egallagan. O‘zbekiston reytingga kiritilmagan.
Eng yaxshi temir yo‘l infratuzilmasiga ega o‘n davlat reytingi esa quyidagicha ko‘rnish olgan: Shveysariya, Yaponiya, Hongkong, Fransiya, Singapur, Finlandiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va Janubiy Koreya.
MDH va Boltiqbo‘yi davlatlaridan Ukraina (24-o‘rin), Qozog‘iston (29-o‘rin), Rossiya (30-o‘rin), Latviya, Gurjiston va Ozarboyjon (33–35-o‘rinlar), Tojikiston (43-o‘rin), Estoniya (44-o‘rin), Moldova (68-o‘rin), Qirg‘iziston (77-o‘rin) jami 140 davlatni qamrab olgan reytingda o‘ziga mos o‘rinlarga joylashtirilgan. O‘zbekiston ushbu reytingga ham kiritilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi