23:04 / 12.12.2017
9 811

Dunyo ekspertlari bashorati: 2018 yili insoniyatni qanday urush harakatlari kutishi mumkin?

Dunyo ekspertlari bashorati: 2018 yili insoniyatni qanday urush harakatlari kutishi mumkin?
Shveysariyalik siyosatshunos jurnalist Fransua Nordmann 2018 yili Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni hamda Eron davlatlari urush o‘chog‘ida qolishini aytib o‘tdi. Rossiya bu urushda ishtirok etmaydi.

Harbiy diplomatlar Ligasi qoshidagi diplomatik tahlil markazi rahbari Vladimir Vinokurovning ta’kidlashiga qaraganda, Koreya yarim orolidagi tinchlik, sokinlik qil ustida turibdi. Sal turtki berilsa, bas, bu sokinlik ham urush o‘chog‘iga aylanadi. Bu holat yangi yil kirmasidan burun kuzatilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

— Koreya yarim orolidagi vaziyat yangi yil kirib kelgandan keyin ham shundayligicha saqlanib qoladi, — dedi Vinokurov. — Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari Shimoliy Koreyaga hozirgidek tazyiq o‘tkazishda davom etsa, Kim Chen Inning toqati toq bo‘ladi. Chunki u yosh, qoni qaynoq. Ketma-ket yog‘iladigan haqoratlar va qo‘rqitishlarga bardosh qilib tura olmaydi.
Bundan tashqari, azaldan bir-biriga dushman bo‘lib kelgan Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasida ham 2018 yili sovuq urush yuzaga kelishi tayin bo‘lib turibdi.

— Bu ikki davlatning qay biri g‘olib bo‘lmasin, — dedi Vinokurov. — Isroil yutib chiqadi. Sababi, urush ikkala davlatni ham iqtisodiy jihatdan zaiflashtirib qo‘yadi. Isroilga esa xuddi shu narsa juda kerak…
Bu, albatta, dunyodagi ba’zi siyosatchilarning fikri, talqini. Aslini olganda esa ertaga, yoki bugun bir soatdan keyin odamzodni nimalar kutishi faqat Yaratgan egamga ayon. Iloyim har birimizni iblis yetagida qolishdan xudoning o‘zi asrasin! Barchamizning xonadonimizda faqat o‘yin-kulgi, ahillik hukm sursin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo ekspertlari bashorati: 2018 yili insoniyatni qanday urush harakatlari kutishi mumkin?