Amerikaning Kaliforniya shtatida o‘zining 2 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan 13 nafar farzandini majburlab qamab qo‘ygan er-xotin qamoqqa olindi. Bolalarning ayrimlari zanjirband etilgan, deb yozmoqda Qalampir.uz.
Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, oilaning 17 yoshli qizi telefon orqali qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan. Qiz ularning ota-onasi o‘zini va 12 aka-uka va opa-singillarini qamab qo‘ygani haqida aytgan. Huquq himoyachilari 49 yoshli Luiza Anna va 57 yoshli Devid Allen Turpinni o‘z uyida hibsga olgan.
Farzandlarning ayrimlari badbo‘y yotoqlariga zanjirband etilgan holda topilgan. Ota-ona politsiyachilarga bu holatni tushuntirib bera olmagan. 13 bolaning yettitasi 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan. Bolalar qarovsiz qolgan, ularning aksariyati nimjon va holsiz ekanliklari ma’lum qilinmoqda.
Barcha jabr ko‘rganlar shifoxonaga tekshiruv uchun yuborilgan. Ular qancha vaqt qamab qo‘yilganiga aniqlik kiritilmayapti. Qo‘shnilar bu uyda qanday hodisalar ro‘y berayotganidan bexabar bo‘lishgan. Faqat shu narsa ma’lumki, oila so‘nggi yillarda moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi