Tojikiston Antimonopoliya xizmati mamlakat mobil operatorlari Assotsiatsiyasiga yo‘llagan maktubida internet-trafiklarni faqatgina davlatga tegishli “Tadjiktelekom” kompaniyasidan xarid qilish borasida biror bir farmoyish yo‘qligini va bu kabi talablar asossiz ekanini ma’lum qildi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti.
Bir oy muqaddam Tojikistondagi to‘rtta mobil aloqa operatorlari — Tcell, “Bilayn”, Babilon va Megafon mamlakat Antimonopoliya xizmatiga murojaat qilib internet trafiklarini mobil kompaniyalari va provayderlariga faqatgina davlatga tegishli “Tadjiktelekom” kompaniyasi sotish borasida berilgan xuquq yuzasidan tushuntirish berilishini so‘rashgan edi.
Tojikiston xukumati huzuridagi aloqa xizmati barcha provayderlarga Internetni faqat “Tochiktelekom” telekommunikatsiyalar operatori OAJ va Tojnet savdo markasi ostida faoliyat yuritadigan Respublika tarmoq ma’lumotlaridan olishni tavsiya qilgan edi. Unga qadar provayderlar Internetni Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan olishardi.
Mobil kompaniyalari va Internet-provayderlar Aloqa xizmatidan shu yilning yanvar oyi boshlarida bu farmoyishni olishgan edi. Bu kabi choralar mamlakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgani aytilmoqda. Mobil operatorlari bu farmoyishdan o‘zlarining e’tirozlarini bildirdilar, chunki ular Internetni xorijdan juda ham arzonga olishar edi, endilikda bu soha davlat tuzilmasi tomonidan monopoliya qilinmoqda.
Tojikiston mobil operatorlari Assotsiatsiyasi rahbari G‘ofur Irkayevning 3 aprel kuni aytishicha, ular antimonopoliya xizmatidan o‘tgan haftada javob olishgan. Uning so‘zlariga qaraganda, milliy provayderning internet-trafik sotish huquqidan mahrum etilishi, mobil operatorlari avvalgidek trafiklarni xorijdan sotib olish imkoniyatini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”