Britaniyaning Manchester universiteti olimlari fast-fudlarni ko‘p iste’mol qilish insonlarda tushkunlikning yuzaga kelish xavfi 40 foizga oshadi degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.
Mutaxassislar taom va tushkunlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida 11 ta tadqiqot o‘tkazishdi. Aniqlanishicha, fast-fud va uglevod yog‘lari miqdori ko‘p bo‘lgan boshqa taomlarni iste’mol qiluvchilar boshqalarga nisbatan 1,4 barobar ko‘proq tushkunlikdan aziyat chekishgan.
Olimlarning fikricha, foydali ovqatlar ruhiy buzilishlarning yuzaga kelish ehtimolini pasaytiradi. Shuningdek, ular zararli ovqatlarni iste’mol qilish istagi tushkunlikning sababi emas, balki natijasi bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi