Foto: «Yandeks»
Meva, xususan, banan sotib olayotganda sap-sarig‘ini tanlashga harakat qilamiz. Chunki sariq rang — pishganidan dalolat. Yaxshi pishmagan yoki pishib o‘tib ketgan bananlar odatda do‘kon rastalarida qolib ketadi.
«Rambler» nima uchun yashil meva sarig‘idan foydaliroq ekaniga, aynan ularni xarid qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘lishiga oydinlik kiritdi.
Banan pishish bosqichlaridan o‘tish bilan birga ozuqaviy tarkibini ham o‘zgartirib boradi. Keling, yashil va sariq bananlarning yaxshi va yomon tomonlarini ko‘rib chiqamiz.
Yashil banan
Plyus tomonlari:
- Tarkibida turg‘un kraxmal ko‘proqligiga qaramay, u hali qandga aylanishga ulgurmagan bo‘ladi. Shu tufayli bunday mevaning glikemiya indeksi yuqori emas.
- Oshqozon-ichak yo‘li uchun foydaliroq.
- Diabetik (II tip)larga ham aynan yashil banan ayni muddao.
- Qad-qomatini nazorat qiladigan qizlarga yashil banan zarar yetkazmaydi.
Minus tomonlari:
- Tarkibida turg‘un kraxmal ko‘pligi bois qorinni shishirishi mumkin.
Sariq banan
Plyus tomonlari:
- Tanaga oson so‘riladi.
- Antioksidantlar darajasi yuqori.
- U mazaliroq.
Minus tomonlari:
- Glikemiya indeksi yuqori (ularda qand ko‘proq).
- Meva qancha yetilib pishsa, tarkibida foydali mikroelementlar shuncha kam bo‘ladi.
- Banan tarkibidagi qand tezda monosaxaridlarga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi