06:30 / 11.06.2018
5 134
---

Ekspertlar qora choydagi xavfni aniqlashdi

Ekspertlar qora choydagi xavfni aniqlashdi
Foto: «Actualnews»
Germaniyaning «ZDF Wiso» teledasturi ekspertlari laboratoriyada olti turdagi choyni tekshirib, ulardagi xavfli xususiyatlarni aniqlashdi, deb xabar bermoqda «Xabar.uz». Ma’lum qilinishicha, qora choyning tarkibida saratonga sabab bo‘luvchi bir necha xil pestitsidlar bor ekan.

Masalan, «Eilles Assam Spezial» choyida bir paytning o‘zida 10 turdagi zaharli modda va Yevropa ittifoqida taqiqlangan antraxinon moddasi borligi aniq bo‘ldi. Antraxinon qushlarni qo‘rqitish uchun qo‘llaniluvchi kanserogen sanaladi.

Sinovdan o‘tkazilgan choylar orasida faqat «Ostfriesen Teefix» tarkibida antraxinon topilmadi. Rasman choy ishlab chiqaruvchilar pestitsidlar me’yoriga amal qilishadi, shunga qaramay zaharli moddalarning topilishi tashvish uyg‘otadi. Kanserogenlar saratonni keltirib chiqaruvchi omillardan biri ekani anchadan beri fanga ma’lum.

Ekspertlarning fikricha, choyga zaharli moddalar ular yetishtiriladigan joyda xavfsizlik talablari bo‘shligi va pestitsidlarga ruxsat etilgani bois tushadi. O‘simliklarga me’yordan ortiq kimyoviy ishlov berilishi tuproqni zaharlamoqda va choy orqali organizmga o‘tmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)