Rossiyaning Novosibirsk biologlari qon bosimini pasaytiruvchi maxsus nano-zarrachalarini yaratishdi. Ushbu prepraratni gipertoniya xastaligiga chalingan kalamushlarda sinab ko‘rishdi. Bu haqda RIA Novosti xabariga asosan Sof.uz nashri ma’lum qilmoqda.
“Bizning preparatimiz nano-zarrachalar va DNKning qisqa molekulalari kompleksidan iborat. Birinchilar ikkinchilarning hujayralarga kirishiga ko‘maklashadi. U yerda ular RNK matritsasi bilan bog‘lanib, oqsil paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tufayli hujayradagi retseptorlar soni ko‘paymaydi va qon bosimi ko‘tarilmaydi”, - dedi Novosibirsk davlat universiteti vakili Asya Levina.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari, jumladan, infarkt va insult global darajada inson o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Har yil bu kasalliklardan 17 millionga yaqin inson hayotdan ko‘z yumadi. Ularning aksariyatida qon bosimining oshishi kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi