12:12 / 05.08.2021
4 209

Eng arzon Tesla: eng birinchi nusxa yig‘ildi


Foto: Tesla
Tesla’ning Xitoydagi bo‘linmasi Amerika markasi lineykasidagi eng arzon birinchi modelni yig‘di, deb xabar beradi Motor. Gap ixcham elektroxetchbek haqida ketmoqda: taxminlarga ko‘ra, u Model 2 nomiga ega bo‘ladi va boshlang‘ich narxi 25 ming dollarni tashkil etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla ehtiyot qismlarni yetkazib beradigan aksariyat kompaniyalar bilan bitim imzolagan va Tesla Gigafactory Shanghai korxonasini ishlab chiqarishni boshlashga tayyorlamoqda. Xitoy uchun hamyonbop Tesla’ning seriyali yig‘ish ishlari shu yildan boshlanishi mumkin.

Model 3’dan pir pog‘ona pastda joylashadigan yangi Tesla modeli haqidagi ilk ma’lumotlar 2018 yilda paydo bo‘lgan: arzon model haqida marka rahbari Ilon Mask ma’lumot bergan. 2020 yilning boshlarida internetda bo‘lajak avtomobilning sketchi paydo bo‘lgan, 2021 yilning fevralida esa model butun dunyo bo‘ylab sotuvga chiqishi ma’lum bo‘lgandi.

Foto: Tesla
Maskning so‘zlariga ko‘ra, mashina narxi Tesla tomonidan yaratiladigan innovatsion akkumulatorlar hisobiga arzonroq bo‘ladi. Yangi material turlaridan foydalanish hisobiga kilovatt-soat narxi ishlab chiqarishda deyarli ikki barobarga arzonlashadi, bo‘sib o‘tiladigan masofa uzoqligi esa amaldagi batareyalarnikidan 16 foizga oshadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Eng arzon Tesla: eng birinchi nusxa yig‘ildi