16:06 / 07.11.2024
76

Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi

Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
Foto: PisOne
Germaniyada hukmronlik qilayotgan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP), Erkin demokratik partiya (EDP) va “Ittifoq-90”/“Yashillar”dan tashkil topgan “svetofor koalitsiyasi” parchalanib ketdi. Kansler Olaf Shols 15 yanvar kuni bundestagda hukumatiga ishonch masalasini ovozga qo‘ymoqchi. U shu orqali mart oyida muddatidan oldin saylov o‘tkazilishiga erishmoqchi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Shols vitse-kansler Robert Habek bilan hamfikr ekanini bildirdi. Habek Germaniya kelajakdagi siyosiy yo‘nalish masalasida tezda aniqlik kiritishi zarurligini aytgandi. Rojdestvoga bir necha hafta qolgan holda, Shols bundestagda tezda qabul qilinishi zarur bo‘lgan barcha qonun loyihalarini ovozga qo‘ymoqchi. Ular qatoriga sanoatni favqulodda qo‘llab-quvvatlash va pensiyalarni barqarorlashtirish chora-tadbirlari ham kiradi.

Germaniya kansleri moliya vazirini ishdan oldi

Olaf Sholf GSDP raisi hisoblangan moliya vaziri Kristian Lindner ishdan bo‘shatilganini e’lon qildi. Lindner esa Germaniya kanslerini “svetofor koalitsiyasi” parchalanishida aybladi.

U erkin demokratlar yangi saylovlardan so‘ng Germaniya taqdiri uchun boshqa hukumatda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini aytdi. Koalitsiya hamkorlari uzoq vaqtdan beri iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy siyosat masalalari bo‘yicha chuqur ixtiloflar tufayli Germaniyaning 2025 yilgi budjetini kelishib olmayotgandi.

Ular o‘rtasidagi ziddiyat o‘tgan hafta oxirida yanada kuchaydi. Bunga moliya vaziri Kristian Lindnerning kansler Sholsga yo‘llagan maktubi sabab bo‘ldi. Maktubda Germaniyaning iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy siyosatini tubdan o‘zgartirish talab qilingandi. Bu maktub GSDP va “yashillar” tomonidan keskin tanqid qilindi. Ular erkin demokratlarni mamlakat oldida turgan muammolarning yechimini birgalikda izlashni istamaslikda va koalitsiyani buzish uchun bahona topishga urinishda aybladi. Lindner Bundestagga muddatidan oldin saylov o‘tkazishni taklif qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi