Foto: irna
Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Rossiya bilan mudofaa urushida xavfsizlik kafolatlarisiz o‘t ochishni to‘xtatishni bema’nilik deb atadi.
“O‘t ochishni to‘xtatishga urushda ishtirok etgan, ayniqsa, jabrlangan davlat xavfsizlik kafolatlarini olishini bilsagina erishiladi”, dedi u Budapeshtdagi Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida.
Zelenskiy, shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Ukrainani NATOga qabul qilishdan bosh tortishi va urushni to‘xtatishni talab qilishini ham bema’nilik deb hisoblagan.
“O‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan, lekin xavfsizlik kafolatlariga qarshi chiqqan rahbar shunchaki mahmadona”, dedi Zelenskiy.
U Kiyevning xavfsizlik kafolatlarisiz Ukrainadagi urushda o‘t ochishni to‘xtatish talablarini “juda xavfli ritorika” deb atagan.
“Avvaliga o‘t ochishni to‘xtating, keyin ko‘ramiz. Siz kimsizki, bunday narsani talab qilasiz?”, deydi u.
Ukraina prezidenti AQSHning yangi saylangan yetakchisi Donald Tramp haqiqatan ham urush tezroq tugatilishini istashiga ishonch bildirgan, biroq “tezkor yechim” Ukraina uchun yo‘qotishlarga olib kelishini ta’kidlagan. Shu bilan birga, Zelenskiy urush haqiqatan ham tezda tugatilishi mumkinligiga shubha bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?