18:18 / 07.11.2024
38

Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi

Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi
Foto: “Kabar”
Qirg‘iziston Isroilni xalqaro gumanitar huquq tamoyillari va normalariga rioya qilishga chaqiradi. Bu haqda respublika prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.

Siyosatchi Turkiy davlatlar tashkilotining XI sammitida tegishli bayonot berdi. U Qirg‘iziston Falastin-Isroil mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi va BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyiliga sodiqligini aytdi.

"Biz Isroilni xalqaro gumanitar huquq tamoyillari va normalariga, jumladan, tinch aholi va infratuzilmani himoya qilish majburiyatlariga rioya qilishga, gumanitar yordamdan to‘sqinliksiz foydalanishni ta’minlashga chaqiramiz", dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Japarov, shuningdek, Qirg‘iziston Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, mustaqil davlat barpo etish va BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lish huquqini tan olishi va qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

"Falastinda har kuni ayollar va bolalarning halok bo‘lishi, tinch aholining og‘ir jismoniy va ma’naviy azob-uqubatlarga duchor etilishi mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holdir", dedi Japarov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston Isroilni xalqaro huquqqa rioya etishga chaqirdi