23:39 / 08.11.2024
17

Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda

Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda
Foto: “TASS”
Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘qituvchilar, tarbiyachilar va madaniyat muassasalari xodimlarining mukofot pullari Ukrainaga qarshi urush ehtiyojlari uchun sarflanadi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib The Moscow Times xabar berdi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyi oxirida konferensiya bo‘lib o‘tgan va unda viloyat mutasaddilari rag‘batlantiruvchi to‘lovlarning bir qismini ushlab qolishlarini ma’lum qilgan.

Ular havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun pul yetarli emasligini, xavfsizlik yostiqchalari yo‘qligini, hammasi sarflanganini aytishdi”, dedi nashr suhbatdoshi.

Rag‘batlantirish to‘lovlari har bir xodim uchun alohida hisoblab chiqiladi va 10 dan 40 ming rublgacha bo‘lishi mumkin. Nashr suhbatdoshi aniqlik kiritishicha, to‘lovlar yil oxirida uch oyga bo‘lingan.

Ikki oylik pullarni oldik, uchinchi oyda esa yo‘q. U armiya ehtiyojlariga yo‘naltirildi”, dedi ayol.

Viloyatning Slyudyanskiy tumanidagi bolalar bog‘chasi tarbiyachisi hamkasblari bilan “harbiylar uchun allaqachon ixtiyoriy ravishda mablag‘ va insonparvarlik yordamini yig‘ishgan”ini, biroq endilikda ularning ixtiyoridan qat’i nazar mukofot pullarining bir qismi urushdagi harbiylarga yo‘naltirilganini aytgan.

Oktyabr oyining oxirida Belgorod davlat san’at va madaniyat institutida talabalar ming rubldan topshirishga majbur qilingan. 2024 yil sentyabr oyi oxiriga kelib mamlakatning 500 dan ortiq universitetlaridan minglab talaba va o‘qituvchilar “OTMlar front uchun” aksiyasiga qo‘shilgan.

The Moscow Times hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya Ukrainadagi urushga haftasiga 210 milliard rublga yaqin mablag‘ sarflamoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘qituvchilarning mukofot pullari harbiy xarajatlarga yo‘naltirilmoqda