15:13 / 06.11.2024
67

Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi
Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisida so‘zlagan nutqida Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi.

Mazkur ko‘p yillik nizoning yagona yechimi xalqaro me’yoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq, 1967 yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini tuzishdir”, dedi prezident.

Davlat rahbari G‘azo sektori va Livandagi misli ko‘rilmagan gumanitar fojiani, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlarni, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon bo‘layotganini hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini ta’kidladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin qochoqlariga yordam berish bo‘yicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlarni ham keskin qoraladi.

O‘zbekiston prezidentining ta’kidlashicha, yetakchi davlatlar o‘rtasidagi raqobat va ishonchsizlik muhiti keskin kuchaymoqda, ziddiyat va urush o‘choqlari ko‘payib, turli xavf-xatarlar yanada ortmoqda.

Bu muammolar savdo, investitsiya, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi qo‘shma reja va katta loyihalarimizga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda, desam, bu — ayni haqiqatdir”, dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida siyosiy va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettirish, umumiy manfaatlardan kelib chiqib, xalqaro muammolar bo‘yicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surish maqsadga muvofiqligini aytdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi