Foto: Google Images
Vashington va Tehron “o‘zaro adovat”ga qaramay, Donald Tramp prezidentligining ikkinchi muddatida diplomatik kelishuvga erishishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar qildi.
Qayd etilishicha, Trampning davlat rahbari sifatidagi birinchi muddatida u bilan birga ishlaganlarning ayrimlari AQSH—Eron munosabatlarida bunday o‘zgarishlar bo‘lishini istisno etmaydi. Shu bilan birga, Pentagonning sobiq yuqori martabali xodimi Maykl Malroyning nashrga ma’lum qilishicha, Tramp bitimlar tuzishni yaxshi ko‘radi, faqat “bu uning boshchiligidagi kelishuv bo‘lsa”.
Ayni paytda, The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Tramp Eronga nisbatan sanksiyalar bosimini jiddiy ravishda kuchaytirishni va uning neft yetkazib berish imkoniyatlarini to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
Eron nefti yetkazib berilayotgan Xitoy portlari ham sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin. “O‘ylaymanki, siz sanksiyalarning qaytishini ko‘rasiz va Trampning yangi ma’muriyati Eronni ham diplomatik, ham moliyaviy jihatdan yanada yakkalab qo‘yishga urinayotganiga guvoh bo‘lasiz”, deydi Oq uyning sobiq rasmiysi WSJ'ga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?