Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin migrantlar rus tili va qonunlarni yaxshi bilsa, ularga nisbatan adovat bo‘lmasligini aytdi. U tegishli fikrni “Valday” xalqaro diskussiya klubi yig‘ilishida bildirdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ishlash uchun kelgan chet elliklar bu yerda yashashga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish kerak. Buning uchun ular rus tilini yaxshi bilishlari, mamlakatning urf-odatlari va qonunlaridan xabador bo‘lishlari zarur.
“Bularning barchasini nafaqat bilish, balki ichki jihatdan barchasiga amal qilishga tayyor bo‘lish ham zarur. Shunda fuqarolarimiz tomonidan g‘azablanish va qabul qilmaslik holatlari yuzaga kelmaydi. Kelganlar ham zamonaviy insoniy sharoitlarda yashashi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda sivilizatsiyaning barcha yutuqlaridan foydalanishi lozim”, dedi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, siyosatchi Rossiya hukumati birinchi navbatda o‘z fuqarolari manfaatlarini o‘ylashi kerakligini aytdi. Putin bu hatto mamlakatning migratsiya siyosati masalasiga ham tegishli ekani, u ham rossiyaliklarning manfaatlarini aks ettirishi kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq Putin migrantlarning jamiyatga moslashuvi bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirgandi. Uning fikricha, ish bilan ta’minlashda amaliy ehtiyojlarni inobatga olgan holda rus tilini bilish darajalarini belgilash va mustahkamlash lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi