12:05 / 03.11.2024
22

Jaguar Britaniyada avtomobil sotishni to‘xtatdi

Jaguar Britaniyada avtomobil sotishni to‘xtatdi
Foto: AP
Britaniyaning Jaguar kompaniyasi mamlakat ichki bozorida yangi rusumdagi avtomobillarni sotishni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda Motor1 kompaniya bayonotiga tayanib.

Nashr izohlashicha, sotuvlarning to‘xtatilishi brend qariyb to‘rt yil oldin taqdim etgan Reimagine strategiyasi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, Jaguar 2025 yilga kelib, luks elektromobillar ishlab chiqaruvchi brendga aylanishi kerak.

Britaniya bozori uchun ichki yonuv dvigatelida yuradigan barcha modellar — E-Pace, XE XF, F-Type va F-Pace'ni ishlab chiqarish to‘xtatilgan bo‘lib, yig‘ilgan avtomobillar hammasi allaqachon sotib bo‘lindi. Tashqi bozorlar uchun F-Pace yo‘ltanlamas avtomobillari hali ishlab chiqarilmoqda, ammo Motor1 nashri ta’kidlashicha, “ularning ham sanoqli kuni qolgan”.

Amaldagi strategiyaga muvofiq Jaguar endi BMW, Mercedes-Benz va Audi bilan emas, balki Bentley va Aston Martin bilan raqobatlashmoqchi.

Kompaniya hali birorta elektromobil taqdim etgani yo‘q. Ammo ulardan birinchisi Porsche Taycan bilan raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. 2026 yilda esa Jaguar Bentley Bentayga uchun raqobatchi chiqarishni va’da qilmoqda.

2023 yilda Jaguar Land Rover kompaniyasi rebrending o‘tkazayotgani ma’lum bo‘ldi: endi u oddiygina qilib JLR deb ataladi. Bundan tashqari, kompaniya mahsulotlar qatoridan Land Rover brendi butunlay yo‘qoladi. Uning o‘rniga birdaniga uchta marka —Defender, Discovery va Range Rover paydo bo‘ladi. Bular Land Rover yo‘ltanlamaslari oilalaridan chiqqan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jaguar Britaniyada avtomobil sotishni to‘xtatdi