Foto: Getty Images
Apple kompaniyasi iPhone'ni majburiy o‘chirib-yoqish orqali uni buzib kirishlarini qiyinlashtirgan bo‘lishi mumkin. 404 Media nashri bunga e’tibor qaratdi.
Qayd etilishicha, jurnalistlar Detroyt (Michigan shtati) politsiyasi xodimlari uchun mo‘ljallangan ichki ko‘rsatma bilan tanishib chiqqan. Politsiya bo‘linmalari rahbarlarining so‘zlariga ko‘ra, iPhone qurilmalari saqlanish davomida kutilmaganda o‘chib-yonishi mumkin — bu esa uni blokdan chiqarish jarayonini qiyinlashtiradi.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan Apple smartfonlarida ikkita holat mavjud — foydalanuvchi tomonidan yoqilganidan keyin blokdan chiqarilgan (After First Unlock, AFU) yoki yongan, ammo hali blokdan chiqarilmagan (Before First Unlock, BFU) vaqti. Aniqlanishicha, musodara qilingan telefonlar mobil aloqa tarmog‘idan uzilsa, o‘chib-yonishi mumkin — bu holatda uni «brutfors» usuli orqali blokdan chiqarish yanada qiyinlashadi. Bu esa politsiyachilarga tergov olib borishda muammo tug‘diradi.
Aftidan, mazkur funksiya iOS 18 operatsion tizimida paydo bo‘lgan. Politsiyachilar hisobotida jinoyatchilardan musodara qilingan bir qancha Apple smartfonlari haqida so‘z boradi. iOS 18 da ishlovchi qurilmalardan biri kutilmaganda o‘chib-yongan — shundan keyin boshqa qurilmalarda ham shu kabi holat kuzatilgan.
Politsiya xodimlariga iOS 18 o‘rnatilgan smartfonlarni boshqa gadjetlardan yakkalash tavsiya etilgan — mas’ullar bunday qurilmalar boshqa telefonlarga ham shu kabi «buyruq berishi mumkinligi»dan xavotirda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?