Foto: Getty Images
AQSHning Janubiy Karolina shtati politsiyasi Yemassi shahridagi tadqiqot markazidan qochib ketgan 40 ga yaqin maymunni qidirmoqda, deb xabar beradi NBC News telekanali.
«Aholiga ushbu hayvonlar uyga kirib olmasligi uchun o‘z eshik va derazalarini yopib qo‘yish tavsiya qilinadi», — deyiladi Yemassi politsiya departamenti xabarida.
Shahar aholisidan mazkur jonzotlar bilan aloqaga kirishmaslik, maymunlarga duch kelingan taqdirda 911 ga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralmoqda. Shahar bo‘ylab tuzoqlar o‘rnatilgan, huquq-tartibot xodimlari videokuzatuv kameralar orqali ularni tutishga urinyapti.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, maymunlar Alpha Genesis markazidan qochib ketgan. Kompaniya maymunlarga bog‘liq biologik tadqiqotlar sohasida mahsulot va xizmatlar taqdim etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya asosan makaka va kaputsinlar bilan ishlaydi.
Primatlar aynan qanday tadqiqot va testlarda ishtirok etgani noma’lum. Alpha Genesis Janubiy Karolina sohili yaqinidagi Morgan orolida 3,5 mingga yaqin maymunga egalik qiladi.
NBC'ga ko‘ra, mazkur hududda maymunlarning qochib ketishiga bog‘liq bir nechta holat sodir bo‘lgan, xususan, 2024 yilning may oyida ham. 2016 yilda esa 19 ta maymun Alpha Genesis'dan qochib ketgan va ular olti soat davomida ushlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Qirg‘izistonning tashqi qarzidan kechdi
Tramp – AQSHning xorijda urush ochmagan yagona prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi nizoning yagona yechimini aytdi
“Hizbulloh” yetakchisi: “Isroil bilan diplomatik kelishuv bo‘lmaydi”
Isroilning urush jinoyatlari uchun ramziy «G‘azo tribunali» tuzildi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina jangarilariga qarshi yangi taktika qo‘llamoqda
Gollivud aktyori Richard Gir Amerikani butunlay tark etishga qaror qildi
Viktor Orban «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan mukofotlandi