Xitoyning Guanchjou shahrida uchar avtomobillar uchun intellektual ishlab chiqarish bazasi qurilishi boshlandi. XPeng Motors ishlab chiqaruvchi kompaniyasi ulkan rejalari haqida ma’lum qildi.
XPeng asoschisining ta’kidlashicha, yangi model shu yilning sentyabr oyidayoq ilk parvozini amalga oshirgan. Unga 2024 yil oxiridan buyurtmalar qabul qilina boshlanadi.
Kelajakda loyihaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 ming donani tashkil etishi qayd etildi.
XPeng Motors - Xitoyning avtomobilsozlik kompaniyasi bo‘lib, «aqlli» yo‘lovchi elektr transport vositalarini (shu jumladan, uchuvchisiz) eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. XPeng g, shuningdek, o‘z avtomobillariga xizmat ko‘rsatadi va ijaraga beradi, o‘zining zaryad stansiyalari tarmog‘ini taqdim etadi va uchuvchisiz uchish apparatlari va avtonom haydash tizimlarini (jumladan, o‘zining dasturiy ta’minoti, ovozli yordamchilari, sensorlari) ishlab chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi