22:54 / 08.11.2024
8

Go‘zalligi va iste’dodi bilan butun dunyoni o‘ziga maftun etgan koreys aktrisalari

Go‘zalligi va iste’dodi bilan butun dunyoni o‘ziga maftun etgan koreys aktrisalari
Janubiy Koreya teleseriallari va filmlari yulduzlari nafaqat o‘z vatanida, balki xorijda ham iste’dodi va jozibali ko‘rinishi tufayli katta mashhurlikka erishgan. Biror nuqsonsiz chehrasi, juda yosh ko‘rinishi, nafis harakatlari va kulgili obrazlari koreys aktrisalari uchun sharqona go‘zallikning ajralmas elementi bo‘lib qolgan.

“Sevgi samodan keladi” serialidan lavha
Foto: Dzen

Bugun zamonaviy koreys dramalarida eng katta talabga ega go‘zal aktrisalarni eslashga qaror qildik.

Son Ye Jin — 41 yosh (손예진)

Foto: Dzen
Son Ye Jin nafaqat modellik olamini, balki kino va televideniyeni ham zabt etdi: u Janubiy Koreyaning eng mashhur rejissyorlari va aktyorlari bilan ishlagan. Uning ishtirokidagi “Sevgining halokatli qo‘nishi” dramasi butun dunyoda sevib tomosha qilinadi.

Son Ye Jin “Klassika” filmidagi sodda maktab o‘quvchisi rolidan keyin “Koreys xalqning birinchi muhabbati” deb atala boshladi. U o‘z faoliyati davomida ko‘plab Osiyo kino mukofotlari bilan taqdirlangan va 72 nominatsiya bo‘yicha jami 50 ta mukofotni qo‘lga kiritgan. Aktrisa “Rafiqam turmushga chiqdi” va “Moviy ajdar” filmi uchun eng yaxshi aktrisa sifatida e’tirof etilgan.

Be Su Ji — 29 yosh (배수지)

Foto: Dzen
2010 yildan 2017 yilga qadar Be Su Ji mashhur “Miss A” guruhining a’zosi sifatida faoliyat yuritgan, ammo noma’lum sabablarga ko‘ra K-pop qizlar guruhi tarqalib ketgan. Shundan so‘ng Su Ji filmlarda rol o‘ynashni va televideniyeda chiqishni boshlagan. Aktrisa “Yulduzlardan kelgan odam”, “Toki uyquda ekansiz”, “Telba oshiqlar” kabi dramalaridagi rollari bilan tomoshabinlar yodida qolgan.

“Gu oilasi haqiqda kitob” tarixiy seriali Be Su Ji karyerasidagi haqiqiy yutuq bo‘ldi: mazkur rol unga Forbes Power Celebrity 40 reytingida uchinchi o‘ringa chiqishiga sabab bo‘ldi. Su Jining muxlislari uning ona shahrida aktrisa nomidagi kichik muzeyni tashkil qilishgan.

Pak Min Yong — 37 yosh (박민영)

Foto: Dzen
Pak Min Yongning karyerasi tasodifan boshlangan. Modellik agentligi vakillari uni ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rib qolishgan va hamkorlikka taklif qilgan. Uning shou-biznes sohasiga kirib kelishiga Korean Air kompaniyasi bilan tuzgan shartnoma sabab bo‘ldi. Min Yong birinchi marta “Murabbiy” dramasida rol o‘ynadi, so‘ng u “Songyungvandagi mojaro” va “Kotiba Kimga nima bo‘ldi?” kabi seriallardagi roli tufayli katta shuhrat qozondi. Aktrisa ko‘plab teleserial va filmlarda ishtirok etgan va yigirmadan ortiq nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Jon Ji Hyon — 42 yosh (전지현)

Foto: Dzen
Jon Ji Hyon o‘zining modellik faoliyatini 16 yoshida boshlagan va 17 yoshida u “Qalbimni rom et” teleserialida epizod roli bilan debyut qilgan. “Qo‘pol qiz” komediyasi unga kino sanoatida katta muvaffaqiyat keltirgan. Shundan keyin u birin-ketin mashhur dramalarda suratga tusha boshlagan. Jon Ji Hyon “O‘zga sayyoralik mahbubim”, “Moviy dengiz afsonasi”, “Zombilar qirolligi”, “Dengiz bo‘yidagi uy”, kabi loyihalarda ishtirok etgan.

Son He Gyo — 42 yosh (송혜교)

Foto: Dzen
Aktrisa Son He Gyo “Quyosh avlodlari”, “Boyfriend”, “Qish shamoli” va “Yuragimda kuz” kabi dramalarining yulduzidir. He Gyo reklama aktrisasi sifatida katta talabga ega. U 2017 yilning birinchi choragida qariyb million dollar ishlab topgan. Shu sababli He Gyo Janubiy Koreyadagi eng go‘zal aktrisa va modellardan biri sanaladi. 2010 yil, 28 yoshida u AQSH Independent Critics kino portalining “Eng go‘zal 100 ta mashhurlar” ro‘yxatida 18-o‘rinni egalladi va bir yildan so‘ng TC Candler kino saytining “Eng chiroyli yuzlar” reytingida 5-o‘ringa chiqdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Go‘zalligi va iste’dodi bilan butun dunyoni o‘ziga maftun etgan koreys aktrisalari