Foto: Videodan kadr
“Hizbulloh” guruhining yangi tayinlangan rahbari Naim Qosim Isroil bilan diplomatik kelishuv bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda Livanning Al Manar telekanali xabar berdi.
“Urush Isroil Livanga qarshi tajovuzini to‘xtatgandagina tugaydi va shundagina biz Livan parlamenti rahbari Nabix Berri vositachiligida bilvosita muzokaralarga rozi bo‘lamiz”, dedi Qosim videomurojaatida.
U AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganiga ham munosabat bildirdi.
“Hizbulloh” Amerika saylovlari asosida reja tuzmaydi. Ular biz uchun hech qanday qiymatga ega emas. Buning bizga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu umumiy siyosiy yo‘nalishga ta’sir qilmaydi, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni to‘xtata olmaydi, dedi u.
Naim Qosim Isroil bosh vazirining Yaqin Sharq xaritasini o‘zgartirish uchun quyidagi maqsadlarni ko‘zlayotganini ta’kidladi: “Hizbulloh”ni yo‘q qilish, Livanni bosib olish va uni bosib olingan Yahudiya hamda Samariyaga o‘xshash hududga aylantirish.
“Hizbulloh” rahbari guruh Isroilga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rgani va uning safida “dushmanga qarshi kurashishga o‘rgatilgan o‘n minglab jangchilar” borligidan ogohlantirdi.
"Biz Isroilni jang maydonida g‘olib emas, mag‘lub ekanini to‘la-to‘kis anglashga majbur qilamiz va bu mag‘lubiyat uning o‘z maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qiladi", dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi