Foto: Akipress
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on turkiy alifboga o‘tishga tayyor davlatlar va buning ijobiy jihatlariga to‘xtaldi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.
Siyosatchi Turkiy davlatlarning umumiy alifbosi bir qadam oldinga siljishga yo‘l ochishini aytdi. U 6 noyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida tegishli nutqni so‘zladi. Erdo‘g‘on bu yo‘nalishda sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.
Barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, o‘zaro muammolarni bartaraf etsak, birgalikda turkiy dunyoning tarixiy urug‘ini ekishimiz mumkin. Men bunga ishonaman. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida hamkorlik qilsak, transformatsiya zarur, deb hisoblayman. Turkiya, Ozarbayjon va Shimoliy Kipr yagona turkiy alifboga o‘tishga tayyor. Biz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonning qarorini kutmoqdamiz, dedi Turkiya prezidenti.
Turkiy alifbo
Sentyabr oyida Turkiy davlatlar vakillari lotin alifbosiga asoslangan, 34 ta harfdan iborat yagona alifbo bo‘yicha kelishib oldi. Alifbodagi har bir harf turkiy tillarda mavjud bo‘lgan turli fonemalarni aks ettirishiga alohida e’tibor qaratildi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?