13:20 / 08.11.2024
52

Kadastr agentligi aholiga murojaat bilan chiqdi

Kadastr agentligi aholiga murojaat bilan chiqdi
Bugun, 8 noyabrdan boshlab «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.

Mazkur tartibning kuchga kirishi munosabati bilan Kadastr agentligi direktori aholiga murojaat yo‘lladi.

Idora rahbariningn ta’kilashicha, mazkur qonun kuchga kirishi munosabati bilan uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar» ham yo‘q emas.

«Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin «E’TIROF» dasturiga (https://etirof.kadastr.uz/) kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda «tanish-bilish o‘tmaydi!
» – deydi Agentlik direktori.

U, shuninngdek, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelinganida, huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishni so‘ramoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr agentligi aholiga murojaat bilan chiqdi