KPMG O‘zbekiston avtomobil bozorini tahlil qilib, undagi o‘sishning muhim jihatlariga e’tibor qaratgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda har mingta aholiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni qo‘shni davlatlarga qaraganda ancha past. Bu avtomobil bozorida sezilarli o‘sish imkoniyatidan dalolat beradi.
Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi tafovut qisqarishi mumkin. Iqtisodiy vaziyat yanada yaxshilanib, uy xo‘jaliklari daromadlari oshgani sayin avtomobillarga talab ortib boradi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston bozorida avtomobillar sonining o‘sishiga hissa qo‘shgan asosiy omillardan biri bu avtokreditlardir. Shuningdek, lizing va bo‘lib to‘lash kabi omillar yaqin kelajakda avtomobil savdosi o‘sishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishda davom etadi.
Ma’lumot uchun, KPMG — audit, soliq, yuridik va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi dunyodagi firmalar tarmoqlaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi