Foto: AFP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning harbiy yordami to‘xtagan taqdirda qanday chora ko‘rilishini aytdi. Bu haqda u 7 noyabr kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitidan keyingi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Yevropada 300 milliard dollarlik Rossiya aktivlari muzlatilgan. Kuchli qarorlar qabul qilish va bu mablag‘larni Ukrainaga topshirish lozim. AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan bosh torsa, Zelenskiy shunday chora ko‘radi.
U turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Ukraina Rossiya hujumlaridan taxminan 800 milliard dollarlik zarar ko‘rganini eslatdi. Zelenskiy moliyalashtirishni ta’minlash uchun Rossiyaning muzlatilgan mablag‘larini Ukrainaga berishni taklif qilmoqda.
"Agar Tramp sizni moliyaviy qo‘llab-quvvatlamasa, nima qilasiz, qurollarni qayerdan olasiz, o‘zingizni qanday himoya qilasiz, deb so‘rashadi. Men sizga quyidagicha javob beraman: o‘zimizga tegishli 300 milliard dollarni olishimiz mumkinmi?
Odamlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz va bu pulga dunyoning barcha mamlakatlaridan qurol sotib olamiz. Bizga qanday qurol kerakligini o‘zimiz hal qilishimiz mumkinmi? Yevropa davlatlaridan hech biri bu pullarni bloklamasligi mumkinmi? Ularni bizga berishsa bo‘ladimi? Rossiyalik qotillar va oligarxlarning allaqachon muzlatib qo‘yilgan pullarini shunchaki bizga o‘tkazib berishsa bo‘ladi", dedi Zelenskiy.
U Yevropani ushbu qarorni qabul qilishda AQSHga qarab ish tutmaslikka chaqirdi, chunki muzlatilgan Rossiya aktivlarining asosiy qismi aynan Yevropada joylashgan. Bundan tashqari, Zelenskiyning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar baribir Yevropa ittifoqida qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...