“Barselona”ning eng iqtidorli tarbiyalanuvchilari Lamin Yamal va Ansu Fati klub afsonasi – Lionel Messidan qolgan 10-raqamni talashib urishib qoldi.
Bu raqam ko‘plab jamoalar kabi “Barselona”da ham muhim ahamiyat kasb etadi. Klubdan Lionel Messi ketganidan keyin o‘sha davrlarda endi porlab chiqqan Ansu Fatini argentinalik yulduzning vorisi bo‘lishiga ishonib, unga 10-raqam topshirilgan edi.
Ansu Fati ketma-ket og‘ir jarohat olganidan keyin endi asosiy tarkibga ham kira olmaydigan darajaga tushib qoldi. Lekin hamon 10-raqam 22 yoshli hujumkor futbolchiga tegishli bo‘lib turibdi.
“Barselona”ning bugungi kunda asosiy figurasiga aylanib borayotgan Lamin Yamal 10-raqamga o‘zi loyiq ekanini ta’kidlamoqda. 17 yoshli Lamin Fatidan 10-raqamni bo‘shatishni so‘radi. Lekin Ansu bunga ko‘nmadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ansu Fati tez orada klubdan ketishi kutilmoqda. Agar bu ish amalga oshsa, Messidan qolgan raqam Lamin Yamalga o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?