Foto: Micro
Shvetsariyaning Micro kompaniyasi sayyohlarga mo‘ljallangan Spiaggina nomli butunlay yangi modelni taqdim etdi. Mashina old tomondagi yagona eshigi, elektr yuritgich va kichkina o‘lchamlari bilan ajralib turadi.
Spiaggina yengil elektromobillar toifasiga mansub bo‘lib, 12,5 kilovattli dvigatel yordamida soatiga 90 kilometrgacha tezlikka chiqa oladi. Biroq mitti mashinada uzoqqa borib bo‘lmaydi, chunki 10,5 kVt/soat sig‘imli First Edition akkumulatori bor-yo‘g‘i 177 kilometr masofaga mo‘ljallangan. O‘lchamlarga kelsak, uzunligi 2519 millimetr, kengligi 1473 millimetr va balandligi 1501 millimetrni tashkil qiladi.
Ikki yo‘lovchiga mo‘ljallangan pufaksimon elektromobilning kuzovi po‘lat va alyuminiydan tayyorlangan, shuningdek, brezentli ochiladigan tomga ega. Avtomobil saloni ko‘k/oq yoki kulrang/jigarrang sun’iy charm bilan qoplangan va namlikka nihoyatda chidamli qilib ishlangan. Bundan tashqari, har bir model funksiyalarini haydovchiga moslashtirish imkonini beradigan Custom Program opsiyasi ham mavjudligi aytilmoqda.
Avtomobil sotuvi qachon boshlanishi va narxlari ma’lum qilindi. Spiaggina'ning birinchi seriyasi 2025 yilda Yevropa bozoriga kirib keladi va uning boshlang‘ich narxi 24 990 yevroni tashkil etadi. Shuningdek, talabgorlar hoziroq onlayn navbat ro‘yxatiga ismini kiritishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi