date

Bir soatda 55 mln ishlaydigan xonanda Shahriyor 37 yoshni qarshi oldi

Bir soatda 55 mln ishlaydigan xonanda Shahriyor 37 yoshni qarshi oldi

Aslida kasbi aktyorlik bo‘lgan, “Seni ko‘rdim”, “Isming yuragimda”, “Do‘stmisan”, “Uzilgan aloqa” kabi taronalari orqali ommaga tanilgan xonanda Shahriyor Argonov 15 aprel kuni 37 yoshni qarshi oldi. Shaxsiy hayotini ommadan yiroq saqlaydigan ijodkorlar qatoriga kiruvchi san’atkorning hayot yo‘li va ijodiy faoliyatiga nazar tashlaymiz.

Shaxsiy hayoti

Shahriyor 34 yoshida oila qurgan. U 2023 yil 11 iyul kuni Nuraңgiz ismli qiz bilan turmush qurgan. To‘y Samarqandda o‘tkazilgan va unda ko‘plab shou-biznes vakillari ishtirok etgan.

“Familiyam noyob”

— Argonov familiyasining ma’nosini kattalardan so‘rash kerak (kuladi). “Arqon” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Qizig‘i, “argon” deb ataladigan kimyoviy element ham mavjud, — deydi u.

Bugun Shahriyor nafaqat Toshkent, balki Samarqandda ham eng talabgir xonandalardan biri hisoblanadi. U poytaxtdagi to‘ylarda taxminan 600 dollarga xizmat ko‘rsatsa, Samarqandda bir soatlik chiqishi 4500 dollarga baholanmoqda.

“Musiqiy bilimga ega emasman”

Shahriyor 1989 yil 15 aprel kuni Samarqand shahrida tavallud topgan va turli millat vakillari yashaydigan muhitda kamolga yetgan.

— Vokal bilan shug‘ullanaman, lekin musiqiy ta’lim olmaganman. Ya’ni na kollejda, na konservatoriyada tahsil olganman. Estrada aktyori fakultetida ikki yil o‘qiganman, amaliyotim Operetta teatrida o‘tgan. Ko‘pchilik “musiqiy bilim shart” deydi, ammo san’at aniq fan emas. Uni bir necha yilda o‘rganib bo‘lmaydi. Men umrim davomida san’at ichida yashab, uni anglashni istayman. Bu men uchun dunyodagi yagona nodir kitobni o‘qishdek, uni tezda tugatishni xohlamayman, — deydi u.

Ijodini dastlab rep yo‘nalishida boshlagan xonanda bugun milliy va zamonaviy estradaga ko‘proq e’tibor qaratayotganini ham izohlab o‘tdi:

— San’atga kirib kelganimda 15–16 yoshda edim. O‘sha paytda repga bo‘lgan qiziqishim juda kuchli edi va shu yo‘nalishga butunlay berilib ketgandim. Vaqt o‘tib, o‘zimni anglay boshladim va boshqa uslublarda ham ijod qilish istagi paydo bo‘ldi, — deydi xonanda.

Nega kino sohasidan uzoqlashdi?

Shahriyor nafaqat xonanda, balki aktyor sifatida ham tanilgan. U ishtirok etgan “Bo‘rilar” va “Tashlandiq” filmlari muxlislar tomonidan yaxshi qabul qilingan.

— “Tashlandiq”dagi rolim uchun tanqid eshitmaganman. Oddiy tomoshabinlar ijroimni yaxshi baholashgan. So‘nggi yillardagi filmlarda esa ilhom va ta’sir kam. Ko‘plab kartinalar yengil va chuqur ma’noga ega emas, — deya fikr bildirgan u.

AQSH safari va uslubdagi o‘zgarishlar

Shahriyor 2011 yilda AQSHga safar qilgan. Uning aytishicha, bu safarning asosiy maqsadi muhitni o‘zgartirish va musofirlikni his qilish bo‘lgan.

— Rostini aytsam, hozirgi qo‘shiqlarim hammaga birdek yoqyapti deb aytolmayman. Ijtimoiy tarmoqlarda “avvalgidek qo‘shiqlaringiz yo‘q” degan fikrlar ham uchraydi. Ammo men keskin o‘zgarganim yo‘q, uslubimni bosqichma-bosqich yangilayapman. Rep — mening hayotim, aynan shu yo‘nalishda tanilganman, — deydi u.

AQSHdagi mehnat va hayot

Shahriyor ikkinchi marta AQSHga borganida ishlashga qaror qilgan:

— Oilani ta’minlash — erkakning burchi. Ilhomni kutib o‘tirib bo‘lmaydi. Shu sabab boshqa sohalarda ham o‘zimni sinab ko‘rdim. Logistika yo‘nalishida ishladim. AQSHda ham o‘zbek san’atkorlariga talab bor, — deydi u.

“Keng shimlarimni tanqid qilishgan”

— Ijodimning boshida tashqi ko‘rinishim bilan ko‘p tajriba qilardim. Bir xillikni yoqtirmayman. Hozir esa zamonaviy klassik uslubda kiyinaman. Bu borada yaqin do‘stimning hissasi katta. Ilgari keng shimlarimni hatto qarindoshlarim ham tanqid qilishardi (kuladi). Bugun esa butunlay o‘zgarganman, — deydi san’atkor.

“Men o‘zim bilan raqobatdaman”

Ayrimlar Shahriyorni xonanda Shohrux bilan taqqoslaydi.

— Shohrux bilan tadbirlarda ko‘rishib qolsak, salomlashamiz. Ammo u menga raqobatchi emas. Men faqat o‘zim bilan raqobat qilaman, — deydi u.

Hayot saboqlari

— Hayot turli sinovlar va quvonchlardan iborat. Har bir vaziyat insonni tarbiyalaydi. Ilgari tezkor va qiziqqon edim, hozir ancha bosiqman, — deydi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bir soatda 55 mln ishlaydigan xonanda Shahriyor 37 yoshni qarshi oldi