Burak Denizning test natijalari: kutilmagan haqiqat oshkor bo‘ldi

Burak Denizning test natijalari: kutilmagan haqiqat oshkor bo‘ldi
Qisqacha

Turkiyaning mashhur aktyori Burak Deniz va yana bir qator taniqli shaxslarning tibbiy tahlillari natijasida organizmlarida giyohvand moddalar izlari aniqlangan. "Yeniçağ" nashrining xabariga ko'ra, tekshiruvlar davomida aktyor bilan birga Serra Pirinch va Enes Guler kabi san'atkorlarda ham taqiqlangan moddalar topilgan. Ushbu voqea turk shou-biznesida katta shov-shuv uyg'otib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Natijada Burak Denizning kelgusidagi loyihalari va obro'si jiddiy xavf ostida qolishi mumkinligi aytilmoqda.

Turkiya kinosi va seriallari orqali O‘zbekistonda ham keng muxlislar orttirgan taniqli aktyor va model Burak Deniz atrofida jiddiy mojaro yuzaga chiqdi. Xabarlarga ko‘ra, uning tibbiy tekshiruvlar uchun topshirgan biologik namunalari — soch va qon tahlillarida giyohvand moddalarga oid izlar aniqlangan.

Bu haqda “Yeniçağ” nashri xabar tarqatgan bo‘lib, tergov jarayoni doirasida Sud tibbiyot institutida o‘tkazilgan laborator tekshiruvlar natijalari ommaga ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, faqat Burak Deniz emas, balki bir nechta taniqli shaxslarning ham tahlil natijalari muhokamalarga sabab bo‘lgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, aktyor bilan birga ko‘rib chiqilgan ish doirasida aktrisa Serra Pirinch va Enes Guler namunalarida ham “marixuana” va “kokain” moddalari aniqlangan. Shuningdek, qo‘shiqchi Utku Unsal tahlillarida "marixuana" izlari, yana bir ijrochi Simge Saginda esa dori vositalari tarkibiga kiruvchi faol modda qayd etilgan.

Mazkur holat turk shou-biznesi doirasida katta rezonans keltirib chiqardi va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim manbalarda Burak Denizning kelajagi, jumladan, reklama shartnomalari va kino loyihalaridagi ishtiroki xavf ostida qolishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek, aktyorning avval ham turli mojaroli vaziyatlarga aralashgani haqidagi da’volar yana bir bor esga olinmoqda. Bu esa uning obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida taxminlarni kuchaytirmoqda.

Ma’lumot uchun, Burak Deniz 35 yoshda bo‘lib, u ijodiy faoliyatini 20 yoshida boshlagan. Uning ilk yirik loyihalaridan biri “Kollej kundaligi” yoshlar seriali hisoblanadi. Keyinchalik “Qochoq” seriali unga katta shuhrat keltirgan.

Shuningdek, u “Kichik shirin aldamchilar” loyihasi orqali ham tomoshabinlar e’tiboriga tushgan. “Bizning hikoya” serialidagi roli esa aktyorni nafaqat Turkiyada, balki xorijiy mamlakatlarda ham mashhur qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar