12 318
Aziza Niyozmetova: “Istiqlol”da shuncha konsert berdim, lekin hatto “Nihol”ni ham ololmadim
Xonanda Aziza Niyozmetova shu kunga qadar bironta mukofot , hatto “Nihol” mukofotini ham olmagani, undan keyin chiqqan san’atkorlar unvonlar olayotgani haqida jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda gapirib o‘tdi, deb yozmoqda Darakchi nashri.
“Men hayot davomida chuqur o‘ylab bir xulosaga keldim: ‘Kursi, tobut hech kimga vafo qilmaydi’, deyishadi. Lekin sahna ham vafo qilmas ekan. Bugun senga chalingan qarsak ertaga boshqaga ham chalinaverar ekan. Biz ijodkormiz, ijodimizni qilaveramiz. Kimga yoqish, kimga yoqmaslikni biz tanlamaymiz.
Men o‘n yillab shuncha konsertlar berdim, davlat tadbirlarida ishtirok etdim, Xorazmda hisobot konsertlar berdim. Lekin ‘Nihol’ mukofotini ham olganim yo‘q. ‘O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist’ unvoni olganim yo‘q. Mendan keyin chiqqan yosh xonandalar, shogirdlarimiz unvon olyapti. Men bundan ranjimayman. Men xalqni mehriga sazovor bo‘ldim,muxlislarimning yuragidan joy oldim. ‘Aziza’ bo‘lib tanildim.
Bu narsaga ya’ni xizmat ko‘rsatgan, xalq artisti unvonlariga nomunosiblar ham bor. ‘Istiqlol’ san’at saroyida mehnat qilib, peshonasidan ter chiqmaganlar bor. Ular ‘O‘zbekiston xalq artistini’ olgan. Men bundan ranjimayman. Mayli, omadini bersin. Necha yil imtihon berganimga, konsert berganimga, qancha davlat tadbirlarida ishtirok etganim uchun qo‘limga bitta diplom olmaganimga afsuslanmayman”, — deydi Aziza Niyozmetova. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi