26 yoshni qarshi olgan Azodaning tug‘ilgan kuni qanday o‘tdi?

26 yoshni qarshi olgan Azodaning tug‘ilgan kuni qanday o‘tdi?
Qisqacha

Aktrisa, bloger va xonanda Azoda o‘zining 26 yoshini yaqinlari hamda do‘stlari davrasida tantanali ravishda nishonladi. Bayram tadbirida G‘aybulla Tursunov va Yoqinxo‘ja Umarov kabi taniqli san’atkorlar mehmon bo‘lib, o‘zlarining jonli ijrolari bilan kechaga fayz bag‘ishlashdi. San’atkor quvonchli lahzalarni o‘zining Instagram sahifasi orqali bo‘lishdi va muxlislaridan ko‘plab samimiy tabriklarni qabul qilib oldi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari izohlarda Azodaning ijodi va tashqi ko‘rinishini alohida e’tirof etishmoqda.

Aktrisa, bloger va xonanda Azoda 26 yoshni qarshi olganini o‘zining Instagram sahifasi orqali e’lon qildi. U turli videopostlar joylab, bayram kayfiyatini muxlislari bilan bo‘lishdi.

San’atkor joylagan postlaridan biriga: “Xush kelding, 26 yoshim”, deya samimiy izoh qoldirgan. Tug‘ilgan kun bayrami uning yaqinlari va dugonalari davrasida, quvnoq o‘yin-kulgilar bilan nishonlandi.

Bayramga taniqli xonandalar ham tashrif buyurib, Azodani tabriklashdi hamda jonli ijrolar bilan kechaga yanada fayz bag‘ishlashdi. Jumladan, G'aybulla Tursunov, Mirjalol Nematov va Yorqinxo‘ja Umarov ham mehmonlar safidan joy oldi.

Izohlar bo‘limida muxlislar san’atkorni tug‘ilgan kuni bilan qutlab, unga iliq, samimiy tilaklar bildirishmoqda. Ko‘pchilik uning ijodi va tashqi ko‘rinishini alohida e’tirof etgan.

Ma’lumot uchun, Azoda 2000 yil 22 aprel kuni tavallud topgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar