Buyuk Britaniya sobiq moliya vaziri va bosh vazirlik uchun kurash olib borayotgan Rishi Sunak hukumat rahbari etib saylangan taqdirda Xitoyga qarshi keskin choralar ko‘rishga va’da berdi.
Siyosatchi Pekinni ichki va tashqi xavfsizlik uchun “birinchi raqamli” tahdid deb atagan. U amaldagi tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass bilan bosh vazirlik uchun kurash olib boryapti. Diplomat konservatorlar partiyasi a’zolari orasida yetakchilik qilmoqda, ammo sobiq moliya vaziri uni debatlar orqali ortda qoldirishiga ishonmoqda. Trass Sunakni Pekin va Moskvaga nisbatan “yumshoq” munosabatda ayblagan. Shundan keyin u yuqoridagi keskin bayonotni berdi.
Bundan avval Xitoyning Global Times nashri Sunakni bosh vazirlik uchun kurashda “aniq va Xitoy-Britaniya munosabatlariga oid pragmatik qarashlarga ega” nomzod sifatida baholagandi.
U Buyuk Britaniyadagi 30 ta Konfutsiy institutlarini yopishni taklif qilmoqda. Nomzodning fikricha, bu Pekinning “yumshoq kuch” orqali o‘z ta’sirini kuchaytirish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, u Xitoy kommunistik partiyasini Britaniya universitetlaridan “quvib chiqarmoqchi”. Sunak o‘quv muassasalariga tadqiqotlar uchun 50 ming funt-sterlingdan ortiq mablag‘ ajratilsa, ma’lumotlarni majburiy ochiqlash tartibini joriy etish niyatida.
“Bizning texnologiyalarimiz o‘g‘risi”
Sunak Pekinga texnologik plagiat, Rossiya neftini sotib olish orqali Moskvani qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Tayvanni qo‘rqitish yuzasidan ham ayblovlar qo‘ydi. Siyosatchi Xitoyning “Bir kamar — bir yo‘l” global tashabbusini ham tanqid ostiga olgan. Uning fikricha, bu orqali rivojlanayotgan davlatlar qarzga botishi mumkin.
“Ular Shinjon va Gonkongda odamlarni ta’qib qilmoqda, mafkurafiy tozalash o‘tkazmoqda va ularning huquqini buzmoqda. Shu bilan birga ular o‘z foydasi uchun dunyo iqtisodiyotini soxtalashtirmoqda”, – degan janob Sunak.
Uning bu bayonotlari konservatorlar orasidagi “qirg‘iylar”ga maqbul tushishi mumkin, ular sobiq bosh vazir Jonsonni uzoq vaqt Pekinga qarshi keskin choralar ko‘rishga chaqirib kelgandi.
Xitoy mavzusi anchadan buyon Britaniya siyosatida muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan. Xususan, o‘tgan yili Pekin Buyuk Britaniya iqtisodiy xavfsizligi uchun eng yirik tahdid deb e’lon qilingan. Vashington bosimi ostida Huawei kompaniyasi Britaniyadagi 5G texnologiyalarini ishlab chiqish jarayonidan chetlatildi.
Bundan tashqari, xitoyliklarning mudofaa, energetika va transport sektorlaridagi korxonalardan mahsulot sotib olishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»