"Andijon" futbol klubi yozgi seleksiya oynasida o‘z tarkibini yana bir tajribali legioner bilan boyitdi. Klub matbuot xizmati tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘iziston milliy terma jamoasining mahoratli darvozaboni Erjan Tokotayev rasman “Andijon” a’zosiga aylandi. Yangi futbolchi bilan shartnoma imzolandi va bu yangilik muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Erjan Tokotayev 2000 yil 17 iyulda Qirg‘izistonda tug‘ilgan. U faoliyati davomida o‘z yurtining “Dordoy” va “Alga” jamoalarida, Qozog‘istonning “Kaspiy” va “Turon” klublarida, shuningdek, Turkiyaning “Shanliurfaspor” jamoasida to‘p surgan. 2023 yildan boshlab “Shanliurfaspor” safida Turkiya chempionatida harakat qilgan va jami 92 uchrashuvda maydonga tushgan.
Qirg‘iziston milliy terma jamoasida esa 2021 yildan buyon doimiy ravishda asosiy tarkibdan o‘rin olib, 36 marta mamlakat sharafini himoya qilgan. Uning himoyadagi ishonchli harakatlari va katta tajribasi “Andijon”ning himoya chizig‘ini yanada mustahkamlashi kutilmoqda.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Erjan Tokotayevdan yuqori darajadagi o‘yin va katta natijalar kutishmoqda. Darvozabonning jamoadagi ishtiroki muxlislar uchun ham katta intrigaga aylandi.
"Andijon" klubining rasmiy bayonotida: “Erjan, jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsan!” — deya ta’kidlangan.
Muxlislar esa, yangi mavsumda “Andijon”ning himoyasi qanday kuchayishini va Erjan Tokotayev o‘zini qanday namoyon etishini katta intiqlik bilan kutishmoqda. Yangi legionerning kelishidan keyin jamoaning maqsadlari va natijalari yanada yuqori bo‘lishiga ishonch bildirilmoqda.
"Andijon" yangi darvozabon bilan kuchaydi: Erjan Tokotayev rasman jamoada
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar