
Texasda 2017 yilda uragan paytida yo‘qolgan Blyu laqabli it 8 yil o‘tib, butunlay boshqa shaharda — 500 km uzoqlikda joylashgan parkdagi ommaviy hojatxonadan topildi, deb xabar berdi Pravilamag.
Ushbu g‘ayrioddiy voqea AQSHda sodir bo‘ldi. Blyu ismli it 2017 yili Texas shtatidagi Korpus-Kristi shahrida yuzaga kelgan "Xarvi" uragani vaqtida hovlining devori qulab tushganidan so‘ng qochib ketgan. U paytda hayvon atigi ikki yoshda edi.
Shundan beri biror iz qoldirmagan Blyu deyarli sakkiz yil o‘tib, Ueyko shahridagi bir parkdagi hojatxonadan topildi. Unga yo‘liqib qolgan yosh qiz uni Pet Circle nomli xayriya tashkilotiga olib bordi. Mutasaddilar itning chipini skaner qilib, uning haqiqiy egalariga bog‘lanishdi.
Oila a’zolariga xabar berilganida, ular tuyg‘ularini yashira olmadi. “Sakkiz yildan keyin Blyuni topilgani haqida eshitganimizda, xursandchiligimiz cheksiz bo‘ldi. Bu biz uchun mo‘jizadek bo‘ldi”, — deyishdi Pet Circle vakillari.
Hozirda Blyu o‘z egalari bilan yana birlashgan. Bu voqea esa nafaqat hayvonlar dunyosida, balki insonlar qalbida ham chuqur iz qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!