
Foto: Anadolu agency
Davlat dumasi qo‘mitasi «Rossiyada safarbarlik to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi. U qabul qilingan taqdirda, og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganligi olib tashlanmagan yoki sudlangani o‘talmagan shaxslar jangovar harakatlarda qatnashish uchun safarbar etilishi mumkin.
Davlat dumasi Mudofaa qo‘mitasi og‘ir jinoyatlar uchun sudlangani olib tashlanmagan yoki sudlangani o‘talmagan fuqarolarni urushga safarbar qilishga ruxsat beruvchi tuzatishlarni ma’qulladi. Qaror 17 oktabr, dushanba kuni qonunchilikni qo‘llab-quvvatlash tizimida e’lon qilindi.
Rossiyada og‘ir jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarni safarbar qilish 1997 yilda «Rossiyada safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingandan beri taqiqlangan. Ushbu taqiq ushbu qonunning 17-moddasi 4-qismida belgilangan.
Yangi tashabbus mualliflari Davlat dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoyguning sobiq o‘rinbosari - Andrey Kartapolov va uning birinchi o‘rinbosari Andrey Krasov bo‘ldi.
Kutilishicha, tuzatishlar Davlat dumasining 18 oktabrdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq, Fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha Rossiya prezidenti huzuridagi kengash a’zosi va Sankt-Peterburg Qonunchilik majlisi sobiq deputati Nataliya Yevdokimova mahkumlar yollanayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib, hibsda saqlanayotgan shaxslarni jazoni o‘tash joyidan ozod qilish uchun hech qanday asos yo‘qligini aytgandi.
Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, ayni damda Rossiyada jazo muddati tugamagan shaxslarni muddatidan oldin ozod qilishning faqat uchta yo‘li bor. Birinchisi, tegishli farmon bilan rasmiylashtirilgan Rossiya prezidentining afv etishi. Ikkinchi variant - amnistiya. Oxirgi imkoniyat - sud qarori bilan shartli ravishda ozod qilish.
Shu fonda Inson huquqlari kengashining olti nafar a’zosi, jumladan Yevdokimova sentyabr oyida Rossiya bosh prokurori Igor Krasnovga murojaat yo‘lladi. «Agar bu ma’lumotlar rost bo‘lsa, ushbu shaxslar qanday asosda jazoni o‘tashdan ozod etilganini tushuntirib bersangiz?» - deyiladi murojaatda.
Huquq himoyachisining so‘zlariga ko‘ra, shundan so‘ng kengashning boshqa a’zolari murojaat mualliflarini «Inson huquqlari kengashi nomidan» harakat qilganlikda aybladi. «Biz kengash a’zolarimiz, bizni hali hech kim chiqarib yuborgani yo‘q, o‘z fikrimizni bildirishga haqqimiz bor», — deya xulosa qildi Yevdokimova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar