date

Afg‘onistonda kuchli zilzila: 20 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda kuchli zilzila: 20 kishi halok bo‘ldi
Afg‘oniston shimolida kuchli zilzila sodir bo‘lib, kamida 20 kishi halok bo‘ldi va yuzlab odamlar jarohat oldi. Mahalliy rasmiylarning aytishicha, qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni ortishi mumkin. Zilzila dushanba kuni tungi soat birlarda Mazar-i Sharif shahri yaqinida ro‘y berdi. AQSh geologik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning kuchi 6,3 magnitudani tashkil etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 530 dan ortiq kishi jarohat olganini ma’lum qildi. Balx viloyati vakillari ko‘plab aholining yaralangani, ayrim binolarga zarar yetgani haqida xabar berdi. Ayrim odamlar baland binolardan sakragani sababli tan jarohati olgan. Zilzila chog‘ida Mazar-i Sharif aholisi uylarini tark etib, ko‘chalarga chiqib ketgan.

Tabiiy ofat mamlakatning elektr tarmoqlariga ham zarar yetkazdi. O‘zbekiston va Tojikistondan keluvchi elektr liniyalari uzilgani sababli butun mamlakat bo‘ylab, jumladan poytaxt Kobulda ham elektr ta’minoti uzilgan.

Afg‘oniston zilzilalarga juda moyil hududda joylashgan. Avgust oyida mamlakat sharqida sodir bo‘lgan 6 balli zilzila 1 100 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi. Mutaxassislar fikricha, Afg‘onistonda ko‘plab uylar zilzilaga chidamsiz bo‘lgani va aloqa tizimi sustligi sababli qutqaruv ishlari ko‘pincha murakkab kechadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda kuchli zilzila: 20 kishi halok bo‘ldi