
Rimning markaziy qismida, Largo Corrado Ricci maydonida joylashgan tarixiy Torre-dei-Conti minorasi qisman qulab tushdi. Voqea sodir bo'lgan paytda binoda restavratsiya ishlari olib borilayotgan edi.
Dastlab tomdan suvoq parchalari tushgan, keyin esa jiddiyroq qulash yuz berdi. Hodisa natijasida bir ishchi boshidan og'ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
To'rt nafar xodim qutqarildi, yana bir kishi vayronalar ostida qolgan, biroq u tirik va hushyor holatda. Qutqaruvchilar uni xavfsiz tarzda chiqarish yo'llarini izlashmoqda.
Shuningdek, bir o‘t o‘chiruvchi ko‘zidan jarohat olib, shifokorlar tomonidan davolanmoqda. Minora atrofidagi hudud o‘rab olingan, chunki yangi qulash xavfi saqlanib qolmoqda.
Voqea joyida Rim meri va Italiya madaniyat vaziri ishlamoqda. Prokuratura hodisa sabablarini aniqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya etilganligini tekshirish bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.
Torre-dei-Conti minorasi IX asrda qurilgan bo‘lib, bir necha marta zilzilalar natijasida zarar ko‘rgan. Bugungi kunda uning balandligi 29 metrni tashkil qiladi.
Minorani restavratsiya qilish ishlari 2022 yilda boshlangan va 2026 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar