date

Himolayda qor ko‘chib, bir necha alpinist yo‘qoldi

Himolayda qor ko‘chib, bir necha alpinist yo‘qoldi

Nepalning Himolay tog‘ tizmasida joylashgan Yalung Ri tog‘ida 2-noyabr kuni ertalab yuz bergan qor ko‘chkisi halokat bilan yakunlandi, deb xabar berdi Reuters.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana sakkiz nafar alpinist bilan aloqa uzilgan. Halok bo‘lganlardan biri xorij fuqarosi ekani aytilmoqda.

Politsiya ma’lumoticha, 15 nafardan iborat xalqaro alpinistlar guruhi va mahalliy yo‘lboshchilar soat 9:00 atrofida tog‘ sari yo‘l olganida, kutilmaganda qor ko‘chishi ularni bosib qolgan.

Qutqaruv ishlari kech boshlangan — mahalliy idoralar vertolyot parvozi uchun ruxsatni kechiktirib bergani sababli yordam jo‘natishda uzilish yuz bergan. Keyinroq politsiya, armiya va qurolli kuchlardan iborat maxsus guruh qidiruv-qutqaruv ishlariga jalb etilgan.

“Qor yog‘ishi va havo sharoiti keskin yomonlashgani sababli vertolyot hodisa joyiga yetib bora olmagan”, — deya ma’lum qildi politsiya vakillari.

Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Ekspertlar fikricha, tog‘li hududlarda ob-havo o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf darajasi yuqori bo‘lib, so‘nggi oylarda Himolayda qor ko‘chish holatlari keskin ko‘paygan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Himolayda qor ko‘chib, bir necha alpinist yo‘qoldi