15:05 / 31.12.2022
3 024

Yo‘q bo‘lgan mamlakat: 100 yil oldin SSSR tuzilgan edi

Yo‘q bo‘lgan mamlakat: 100 yil oldin SSSR tuzilgan edi
SSSRning tuzilganiga 100 yil to‘ladigan bugungi kunda sobiq Ittifoqda tug‘ilgan 100 millionga yaqin odam Rossiyada yashaydi. Xuddi shunday miqdordagi sobiq Ittifoq fuqarolari uning sobiq respublikalarida va xorijda istiqomat qiladi. Va bu merosni har kim o‘z yo‘lida boshdan kechiradi. Agar mustamlaka bo‘lgan yurtlarda yashovchilar SSSRni doim «xalqlar qamoqxonasi» sifatida eslashsa, sobiq ittifoqning eng yirik respublikasi bo‘lgan Rossiyada hamon bir qancha fuqarolar eski shovinistik, mustamlakachilik ruhini sog‘inib yashaydi.

90-yillar oxirida SSSR parchalanib ketganidan so‘ng bir qancha dissidentlar qamoqxona va surgunlardan qaytib, hukumatning fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari - so‘z va yig‘ilishlar, vijdon va matbuot erkinliklariga rioya qilishni unutganligini eslatdi. Shunisi qiziqki, Gorbachyov-Yelsin davridagi qisqa muddatli iliqlikdan so‘ng, sovet davridan qolgan dissidentlar Putin Rossiyasida yana dissidentga aylanishdi. Rossiya inson huquqlarini, demokratiya va qonun ustuvorligini saqlash kabi sivilizatsiyali davlat tamoyillarini hurmat qilish va’dalaridan muntazam voz kechdi.

Rossiya rahbariyati keyingi yillarga kelib mustabid tuzumning dunyo xaritasidan yo‘q bo‘lib ketganini fojia sifatida ko‘ra boshladi. Vladimir Putin 2005 yilda Rossiya Federal Majlisiga qilgan nutqida SSSR parchalanishini «XX asrning eng katta geosiyosiy falokati» deb atagan edi. “Liberalnaya missiya” jamg‘armasi ekspertlarining fikriga ko‘ra, bu qarash 2000 yillarning boshida yangi hayotdan norozi bo‘lgan millionlab rossiyalik fuqarolarni hokimiyat atrofida to‘plashga imkon berdi.

Tarixiy miqyosda SSSR 70 yillik mavjudlikdan keyin unutilib, juda qisqa muddatli imperiyaga aylandi. Bu davlatning yoshi aslida faqat bir inson umrining uzunligi bilan o‘lchanadi. Shunga qaramay, bugungi kunda ham Rossiyada kommunistik rejim tarafdorlari ko‘p va Kreml devori yonida «dunyodagi birinchi proletar davlat» asoschisining ko‘milmay, mo‘miyolangan jasadi yotibdi.

SSSRni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma 1922 yil 30 dekabrda Sovetlarning I Butunittifoq qurultoyida imzolangan. Ikkinchi Jahon urushi sobiq Ittifoq xaritasini sezilarli darajada o‘zgartirdi: 1940 yilda mamlakat uchta Boltiqbo‘yi respublikasi va Bessarabiya (Sovet Moldaviyasiga aylandi) bilan kattardi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ushbu mamlakatlarning SSSRga «ixtiyoriy qo‘shilishi» 1939 yilda Molotov-Ribbentrop paktiga maxfiy protokollar imzolanishi natijasida amalga oshirilgan.

Shunday qilib, urush tugagandan so‘ng, SSSR allaqachon 15 ittifoq respublikasini o‘z ichiga olgan, ularning har biri de-yure SSSRdan erkin chiqish huquqini saqlab qoldi. Biroq imperiya ularning har birini temir panjasida mahkam tutib, dunyodagi eng katta xalqlar qamoqxonasiga aylandi. Ular bu huquqdan faqat 1990 yilda, birinchi navbatda Litva, keyin Boltiqbo‘yi va Kavkazning boshqa mamlakatlari ittifoq tarkibidan chiqqanida foydalanishga muvaffaq bo‘lishdi.

1991 yil dekabr oyining oxirida SSSR o‘z faoliyatini to‘xtatdi. G‘arb uchun mamlakatning qulashi ramzlaridan biri Chernobil AESdagi falokat bo‘lib, uning oqibatlarini ko‘plab qo‘shni Yevropa davlatlari his qildi. Shunga qaramay, aynan SSSR rahbari Gorbachyov Sovuq urushning tugashiga turtki bo‘lib, G‘arb demokratiyalari bilan yaqinlashish yo‘lini tutdi. O‘ttiz yil o‘tib, bu tarixiy voqea postsovet hududining turli mamlakatlarida turlicha aks-sado bermoqda.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo