date

Denver aeroportida samolyot uchish yo‘lagidagi odamni urib ketdi

Denver aeroportida samolyot uchish yo‘lagidagi odamni urib ketdi

AQSHning Denver xalqaro aeroportida Frontier Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus A321 samolyoti uchish yo‘lagida bo‘lgan odamni urib ketdi. Hodisa samolyot Los-Anjelesga parvoz qilish uchun harakatlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs kutilmaganda uchish maydoniga chiqib qolgan. Hozircha uning nima sababdan u yerda bo‘lgani aniqlanmagan. Dispetcherlar bilan muloqot yozuvida uchuvchi: “Biz to‘xtayapmiz. Hozirgina kimnidir urib yubordik”, — degani eshitilgan.

Hodisadan so‘ng samolyot dvigatellaridan birida yong‘in chiqqanligi haqida ham xabar berilgan. Shu sabab aeroportdagi yaqin hududda samolyotlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan va yong‘in-qutqaruv xizmatlari zudlik bilan voqea joyiga yuborilgan.

Yo‘lovchilar xavfsizlik maqsadida avtobuslar orqali terminalga evakuatsiya qilingan. Ayni vaqtda Frontier Airlines va mahalliy politsiya hodisa bo‘yicha rasmiy izoh bermagan. Tergov ishlarini AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi olib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Denver aeroportida samolyot uchish yo‘lagidagi odamni urib ketdi