AQSHda minglab bolalar ota-onasidan ayrilmoqda

AQSHda muhojirlarga qarshi qat’iy choralar doirasida minglab oilalar ajralib qolmoqda. The Guardian xabariga ko‘ra, Donald Tramp ma’muriyati davrida 2025 yilning dastlabki yetti oyida kamida 27 ming nafar bolaning ota-onasi hibsga olingan.
Tahlillarga qaraganda, AQSH Ichki xavfsizlik departamenti har oy o‘rtacha 1400 nafar ota-onani deportatsiya qilgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshgan.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar orasida AQSH fuqarosi bo‘lgan bolalarning ota-onalari ham bor. Ba’zi holatlarda ota-onalar va farzandlar turli davlat fuqarosi bo‘lgani sababli oilalarni birga saqlash yanada murakkablashgan.
Huquq himoyachilari bu vaziyatni yangi “oila ajratish inqirozi” deb baholamoqda. Ularning fikricha, hozirgi holat avvalgi qat’iy migratsiya siyosatidan ham kengroq ko‘lam kasb etgan.
Rasmiylar esa oilalar ataylab ajratilmayotganini ta’kidlab, ota-onalarga farzandlari bilan birga deportatsiya qilinish imkoniyati taklif etilayotganini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!