Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat janubi-sharqi va qo‘shni Suriyadagi kabi vayronkor zilzilaning oldini olish imkoni bo‘lmasligi haqida gapirdi.
So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 014 nafarga yetdi, jarohatlanganlar esa 62 914 nafar. 6444 bino shikastlangan.
Reuters mahalliy rasmiylarga asoslanib, Suriyada kamida 3480 kishi halok bo‘lganini xabar qilgan. Suriya davlat nashrlari 300 mingga yaqin kishi boshpanasiz qolganini xabar qilgan.
Shu tariqa ikki mamlakatda tabiiy ofatning jami qurbonlari soni 17 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.
Qidiruv-qutqaruv amaliyotlarida 110 mingdan ortiq kishi harakatlanmoqda, shuningdek Turkiyaga boshqa mamlakatlardan 5 mingdan ortiq qutqaruvchilar yordamga kelgan.
JSST tabiiy ofat ushbu mintaqada yashovchi 23 mln kishiga, jumladan 1,4 mln bolaga bevosita ta’sir qilganini ma’lum qilgan.
Erdo‘g‘an halokat hududida
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 8 fevral kuni avvaliga Qahramonmarashga kelib, jabrlanuvchilar bilan uchrashdi. Keyin Hatay viloyatida ham bo‘ldi.
Tanqidchilari uning hukumati falokatga juda imillab reaksiya qilgani va bunday vaziyatga yaxshi tayyorlik ko‘rmaganini aytishmoqda.
Turkiya prezidenti «ayrim muammolar»ni tan olgan, ammo hozirda, uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat nazorat ostida.
Mamlakatdagi eng yirik muxolif partiya yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa unga qo‘shilmaydi. «Agar buning bari uchun javobgar bir shaxs bo‘lsa, bu Erdo‘g‘andir», deya qayd etgan u.
Erdo‘g‘an hozirgi sharoitda o‘zaro ayblovlar emas, balki birlik kerakligini ta’kidlagan. «Men bunday vaziyatda kimdir o‘z siyosiy manfaatlari yo‘lida negativ piar qilishiga toqat qila olmayman», degan tez-tez avtoritar tendensiyalarda ayblanadigan prezident.
Foto: REFIK TEKIN/EPA
Zilziladan keyingi to‘rtinchi kunda ham xarobalar ostida odamlar qolmoqda, falokat hududlarida esa harorat noldan pasaygan, bu esa vayronalar ostidan odamlarni tirik holda topishga bo‘lgan umidlarni yanada kamaytiradi.
Bundan tashqari, omon qolganlar boshpanalaridan ayrilgan va ko‘chalarda tunashga majbur bo‘lishmoqda. JSST bunday holatda odamlar muzlab qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
«Agar qutqaruvchilar kabi g‘ayrat bilan harakat qilinmasa, ikkinchi ofatning real xavfi bor, bu kutilganidan ko‘proq odamlarga zarar yetkazishi mumkin», degan JSSTning zilzilalar oqibatlarini bartaraf etish bo‘limi boshqaruvchisi Robert Holden.
Qo‘shni Suriyada esa vaziyat yanada og‘irroq. Zilzilaga qadar Turkiya bilan chegarada faqat Bob al-Hava nazorat-o‘tkazish punkti ochiq edi. Endi esa u ham yopilgan, chunki zilzila tufayli unga olib boruvchi yo‘lda harakatlanib bo‘lmay qolgan.
BMT yo‘l tez orada ta’mirlanishidan umid qilmoqda. Turkiya hukumati ham tez orada yana ikkita nazorat-o‘tkazish punkti ochilishini ma’lum qilgan.
Suriya shimolida Asad rejimi emas, muxolifat kuchlari nazorat qiladigan so‘nggi anklav qolgan. Ko‘p yillik fuqarolik urushi vaqtida vayronaga aylangan ushbu hudud zilzila tufayli yanada og‘ir holatda qolgan.
Birgina Idlib viloyatida 1500 kishi halok bo‘lgani ma’lum.
Asadning atrofidagilar G‘arbning rejimga qarshi sanksiyalari ofatni yanada kuchaytirmoqda. «Bizda buldozerlar yetishmaydi, bizda kranlar yetishmaydi, bizda neft yetishmaydi, va barchasi Yevropa va Amerika sanksiyalari tufayli», - degan Bashar Asadning maslahatchisi Butaina Shabaan.
Turkiya1, Erdo‘g‘an1, Zilzila1, Xatay1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi