date

Ruben Amorim “Liverpul” ustozining tanqidiga javob berdi

Ruben Amorim “Liverpul” ustozining tanqidiga javob berdi

APL 9-turi arafasida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida jamoasi haqida so‘z yuritar ekan, bir hafta avval “Liverpul” ustozi Arne Slot aytgan fikrlarga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Slot “MYU”ga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng raqibni “past blokda o‘ynaydigan va uzoq uzatmalarga suyanadigan jamoa” deb ta’riflagandi. Bu gaplar Angliya futboli muhokamalari markaziga aylangan edi.

Amorim esa bu fikrlarga javoban shunday dedi: “Arne Slot nima degani men uchun umuman ahamiyatsiz. Har kim jamoam haqida o‘zi xohlagancha gapirishi mumkin, lekin bu mening ishimga ta’sir qilmaydi. Men uchun eng muhimi — o‘yinni tahlil qilish va nimani yaxshilash kerakligini aniqlash.

Futbolda ba’zida o‘z uslubingda o‘ynaysan, ba’zan esa raqibga moslashishga to‘g‘ri keladi. Men jamoamni yaxshi bilaman va uni kimdir tashqaridan baholashiga ehtiyoj sezmayman. Bizda to‘p bilan o‘ynashda kamchiliklar bo‘ldi, buni inkor etmayman. Lekin navbatdagi bahsda bu yo‘nalishda ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz”, — dedi “qizil iblislar” bosh murabbiyi.

Amorimning bu bayonoti “Liverpul” bilan bo‘lgan so‘nggi bahs atrofidagi tanqidlarga chek qo‘ydi. Uning fikricha, futbolda gaplar emas, natija va o‘yin sifati hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Mutaxassis shuningdek, jamoa ichidagi muhit ijobiy ekanini va futbolchilar so‘nggi mag‘lubiyatlarga javobni maydonda berishni maqsad qilganini ta’kidladi. “Biz har bir o‘yinni sinov sifatida qabul qilamiz. Futbolda eng muhimi – barqarorlik va ishonch. Bu ikki jihat bizda bor”, — dedi Amorim.

Ma’lumot uchun, bugun “Manchester Yunayted” APLning 9-turi doirasida o‘z maydonida “Brayton”ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladi. Jamoa muxlislari “qizillar”dan yangi g‘alaba kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ruben Amorim “Liverpul” ustozining tanqidiga javob berdi