
Xitoy sobiq SSSR respublikalarini harbiy va iqtisodiy «soyabon» ostiga olib, Markaziy Osiyodagi ta’sir zonasini kengaytirishga urinmoqda.
Juma kuni Xitoy rahbari Si Szinpin Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari bilan uchrashib, ularga hamkorlikni, jumladan, mudofaa sohasida ham kengaytirishga taklif qilgan.
Guruhning «S5» deb nom olgan ilk yuzma-yuz sammiti o‘tmishda mashhur «Ipak yo‘li» kelib chiqqan qadimiy Xitoy poytaxti Sian shahrida bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakunida Si Szinpin «mintaqadagi tinchlikni ta’minlash» uchun Markaziy Osiyo respublikalarining «mudofaasini kuchaytirish»ga va ularning xavfsizlik imkoniyatlarini oshirishga Xitoyning tayyorligini ma’lum qildi, deya xabar beradi «Sinxua» davlat agentligi.
U, shuningdek, 26 milliard yuan (3,6 milliard dollar) moliyaviy yordam va «bepul yordam» ajratish rejalarini e’lon qilgan, biroq bu mablag‘lar nima uchun ishlatilishini aniq aytmagan.
Yaqin kelajakda Xitoy postsovet davlatlari bilan, jumladan, XXR ichki qo‘shinlari ishtirokida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni qayta boshlashi mumkin, deydi Carnegie Russia Eurasia Center tadqiqotchisi Temur Umarov Financial Times nashriga.
Uning fikricha, Pekinni alohida qiziqtirgani nafaqat Xitoy, balki Afg‘oniston bilan chegaradosh Tojikiston bo‘lishi mumkin. “Tojikiston armiyasi hech qachon Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya bo‘lgan emas. Shuning uchun, Xitoy nuqtai nazaridan, bu uning (o‘z) milliy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning davomi, xolos", - deya ta’kidlaydi ekspert.
Ilgari Kreml orbitasida bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari Ukrainadagi urush va G‘arb sanksiyalari tufayli «zaharli» bo‘lib qolgan Rossiyadan uzoqlashishga intilmoqda. Rossiyaning sobiq Sovet Ittifoqidagi eng yirik savdo sheriklaridan biri bo‘lgan Qozog‘iston Ukrainaga bostirib kirishni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi va o‘tgan yili NATO a’zosi Turkiya bilan razvedka ma’lumotlarini almashish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Moskvaning mintaqadagi ta’siri pasaymoqda, biroq Xitoy yaqin kelajakda uning o‘rnini to‘liq egallaydi, deyishga hali erta, deydi Tayvan milliy mudofaa va xavfsizlik instituti tadqiqotchisi Chinyu Shix. «Bu tinch raqobat», deydi u.
Xitoy rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoyning C5 mamlakatlari bilan savdosi 70,2 milliard dollarni tashkil etdi va Yevropaga yuk tashishning 80 foizi ushbu davlatlar hududidan tranzit orqali ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar