Piyoz — har bir o‘zbek dasturxonida uchraydigan, oshxonada eng ko‘p ishlatiladigan sabzavot. Ammo uning turlari — qizil va oq piyozning inson salomatligi uchun farqli foydalari borligini ko‘pchilik bilavermaydi.
Qizil piyoz:
— Antotsian moddasiga boy bo‘lib, qon aylanishini yaxshilaydi va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini oladi.
— Antioksidantlar ko‘pligi sababli, xavfli erkin radikallardan himoya qiladi, ya’ni qarish jarayonini sekinlashtiradi.
— Immunitetni ko‘tarishda va yallig‘lanishlarga qarshi kurashishda samarali.
— Universitet tadqiqotlariga ko‘ra, qizil piyozdagi kversetin moddasi yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 20–25% gacha kamaytiradi.
— Qizil piyozni xom holda iste’mol qilishda, undagi antioksidantlar 2 baravar samaraliroq bo‘ladi.
— Qizil piyoz doimiy ravishda yeyish xavfli o‘smalarning paydo bo‘lish ehtimolini pasaytiradi (ayniqsa, yo‘g‘on ichak saratoni).
Oq piyoz:
— Hazm tizimini yengillashtiradi, ichak faoliyatini tartibga soladi.
— Qand miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega, shu bois diabet xavfi bor kishilar uchun tavsiya etiladi.
— Organizmni virus va bakteriyalarga qarshi chidamli qiladi, ayniqsa sovuq mavsumda foydalanish juda muhim.
— Ilmiy manbalarga ko‘ra, oq piyozda allisin moddasi ko‘proq bo‘ladi. Bu modda bakteriya va viruslarga qarshi tabiiy antibiotik vazifasini bajaradi.
— Har kuni kamida yarimta piyoz yeyish immunitetni oshirib, shamollash kasalliklarini 30% gacha kamaytiradi.
Har ikki tur piyoz ham inson salomatligi uchun foydali. Qizil piyoz ko‘proq yurak va qon aylanishiga ijobiy ta’sir etsa, oq piyoz hazm va immunitet uchun muhim. Demak, taomlarda har ikkisidan ham navbat bilan foydalanish eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi.
Ikkalasining umumiy foydasi:
— Xolesterinni pasaytiradi.
— Organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi.
— Suyak mustahkamligini saqlaydi (kalsiy va S vitamini hisobiga).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!