date

Shivit — sog‘liq uchun 5 asosiy foyda

Shivit — sog‘liq uchun 5 asosiy foyda

Shivit (ukrop) har bir o‘zbek oshxonasida uchraydigan ko‘katlardan biri. Uning nafaqat mazasi, balki salomatlik uchun qimmatli xosiyatlari ham bor. Ilmiy tadqiqotlar shundan dalolat bermoqda.

1. Hazm tizimini yaxshilaydi

Shivit tarkibidagi efir moylari ovqat hazm bo‘lishini yengillashtiradi, ichaklarda gaz yig‘ilishini kamaytiradi. Shu bois, oshqozon-ichak muammolarida tabiiy yordamchi hisoblanadi.

2. Qon bosimini nazorat qiladi

Shivit qon tomirlarni yopishqoq moddalardan tozalashga yordam berib, bosimni barqarorlashtiradi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda samarali.

3. Immunitetni ko‘tarib beradi

Undagi vitamin S va antioksidantlar organizmni virus va bakteriyalarga qarshi chidamli qiladi. Qish va bahorda shamollashdan saqlanishda juda foydali.

4. Suyuklarni mustahkamlaydi

Shivit kalsiy va magniyga boy. Bu moddalar suyak va tishlarni mustahkam saqlaydi, suyak ichidan kalsiy chiqib ketishini (osteoporoz) sekinlashtiradi.

5. Asab tizimini tinchlantiradi

Shivitdagi efir moylari asablarni bo‘shashtiradi, uyquni yaxshilaydi. Tabiiy «tinchlantiruvchi dorivor» sifatida qo‘llaniladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shivit — sog‘liq uchun 5 asosiy foyda