Shvetsiya hukumati ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaror qildi. 2026 yilning kuzidan boshlab mamlakat bo‘ylab barcha maktablarda o‘quvchilarning mobil telefondan foydalanishi to‘liq taqiqlanadi. Bu haqda «Guardian» nashri xabar tarqatdi.
Yangi tartib 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga taalluqli bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, har bir maktabda darslar boshlanishidan oldin o‘quvchilardan mobil telefonlar yig‘ib olinadi va faqat darslar tugagandan keyin ularga qaytarib beriladi. Maqsad — o‘quv muhitini yanada samarali qilish va bolalarning xavfsizligini ta’minlash.
Shvetsiyada qabul qilingan mazkur qaror Yevropaning qator davlatlaridagi amaliyot bilan uyg‘un keladi. Masalan, Daniyada yil boshida hukumat komissiyasi bolalar maskanlarida va maktablarda mobil telefonlarni cheklashni tavsiya etgandi. Ularning fikricha, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z smartfoni yoki planshetiga ega bo‘lmasligi kerak.
Norvegiya esa o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish uchun qat’iy yosh chegarasini joriy qildi. Hukumat 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlab, texnologiya kompaniyalarini «yosh avlod miyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishda» aybladi.
2024 yil yanvar oyida Niderlandiyada deyarli barcha maktablarda smartfonlar taqiqlandi. Keyingi tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bu tartib o‘quv muhitini sezilarli darajada yaxshilagan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 75 foizi bolalarning diqqatini jamlash osonlashganini aytgan, 28 foizi esa ta’limdagi natijalar ancha yaxshilanganini qayd etgan.
Shvetsiyada maktab o‘quvchilari uchun telefon taqiqlanishi joriy etildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar