21:25 / 15.06.2023
1 077

BMT: Afg‘onistonda hokimiyat ikkiga bo‘linib ketdi

BMT: Afg‘onistonda hokimiyat ikkiga bo‘linib ketdi
Foto: Reuters
BMT sanksiyalarini tahliliy qo‘llab-quvvatlash va monitoring qilish guruhi «Tolibon» harakati haqidagi navbatdagi hisobotini e’lon qildi.
 
Unga ko‘ra, Afg‘onistondagi hokimiyat Qandahor va Kobul rasmiylari o‘rtasida bo‘lib olingan. Bu esa radikal harakat hukumati mustahkam emasligidan dalolat berishi mumkin.
 
Tahlilchilarga ko‘ra, Qandahor guruhiga «Tolibon» yetakchisi Hibatulloh Oxundzoda nazoratidagi toliblar kiradi. Hukumatning bu guruhi jahon hamjamiyatining talablariga yon berishda ancha konservativ va murosasiz hisoblanadi.
 
Poytaxt blokidagi asosiy shaxslar - Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy, Mudofaa vaziri Mulla Muhammad Yoqub Umariy va razvedka rahbari Abdul-Haq Vassiq. Kobulliklar o‘zini pragmatik sifatida ko‘rsatishga, xalqaro miqyosda tan olinishi va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlanishiga erishishga intilmoqda. Ammo ularning harakatlari siyosatchilarning mo‘tadilroq qarashlarga sodiqligini ko‘rsatmayapti.
 
Giyohvand moddalar savdosini nazorat qilish uchun ham kurash olib borilmoqda. Ko‘knori yetishtirish va giyohvand moddalar ishlab chiqarish rasman taqiqlanganiga, plantatsiyalar va yashirin laboratoriyalarni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rgazmali reydlarga qaramay, giyohvand moddalar va ular uchun xomashyoning noqonuniy savdosi «Tolibon» uchun jiddiy daromad manbai bo‘lib qolmoqda.
 
Mutaxassislar, shuningdek, ichki ishlar vaziri Haqqoniy va Tolibon asoschilaridan biri, hozirda Afg‘oniston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Baradar o‘rtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjudligini ta’kidlamoqda.
 
Ushbu mansabdor shaxslar resurslar, moliyaviy oqimlar va mahsulotlarni mamlakatga kiritish yo‘laklarini nazorat qilish uchun raqobatlashadilar.
 
Xususan, huquq-tartibot idorasi rahbari TAPI gaz quvuri (Turkmaniston-Afg‘oniston-Pokiston-Hindiston) qurilishini to‘liq nazorat qilish niyatida ekanligi haqida ma’lumotlar bor.
 
Giyohvand moddalar savdosini nazorat qilish uchun ham kurash olib borilmoqda.
 
Ko‘knori yetishtirish va giyohvand moddalar ishlab chiqarish rasman taqiqlanganiga, plantatsiyalar va yashirin laboratoriyalarni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rgazmali reydlarga qaramay, noqonuniy giyohvand moddalar va xomashyosining noqonuniy savdosi «Tolibon» uchun jiddiy daromad manbai hisoblanadi.
 
Hisobot mualliflari fikricha, hozirda Markaziy Osiyo orqali Yevropa va AQSHga narkotik moddalarni o‘tkazish kanallari ustidan nazorat aynan ichki ishlar vaziri Haqqoniy guruhi tomonidan amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT: Afg‘onistonda hokimiyat ikkiga bo‘linib ketdi
ePN